SMS- Gateway turli biznes sohalarida qo'llanilishi mumkin, masalan:
Sayyohlik agentliklariga
Sayyohlik kompaniyalarida (agentliklarda) SMS yuborishdan foydalanish mahsulotlar yoki xizmatlarni ilgari surishning samarali va amaliy natija beradigan usuli hisoblanadi. SMS yuborishning nisbatan arzonligi eng kam xarajat evaziga sezilarli natijalarga erishish imkonini beradi. SMS-reklamaning muhim afzalligi - maqsadli auditoriyani bir zumda qamrab olishdir.
Imkoniyatlar:
Bizning xizmatimizdan foydalanib, siz ko'p sonli mijozlaringizga qaynoq takliflar, qiziqarli turlar, chegirmalar, yangi yo'nalishlar, poyezdlar va samolyotlar jadvali va hokazolar haqida ma'lumot yuborishingiz mumkin. Sayyohlik kompaniyalariga SMS-xabar yuborish, ehtimol, mijozlarni turizm sohasida sodir bo'layotgan barcha o'zgarishlar va yangiliklar haqida xabardor qilishning eng muhim usulidir. SMS yuborish orqali siz nafaqat har bir mijozga individual yondashishni ta'minlaysiz, balki ularga kompaniyangiz bilan doimo aloqada bo'lishga imkon berasiz.
Banklarga
Biz bank muassasalariga mavjud bank xizmatlari iste'molchilarini xabardor qilish va yangilarini jalb qilish masalasini hal qilishga yordam beradigan SMS-ma’lumot berish xizmatidan foydalanishni taklif qilamiz.
Bizning SMS yuborish xizmatimiz nafaqat mijozlarni bankingizning joriy aksiyalari va takliflari to'g'risida xabardor qilishning ajoyib usuli, balki mijozlaringizning naqd pul oqimi to'g'risida ma’lumot manbai hamdir. Mijozlar telefon orqali muammoni hal qila olmasalar, bank bo'limiga kelishadi. Biroq, navbatlar, bo'lim xodimlarining bandligi nizolarga, bank xodimlarining ham, mijozlarning ham vaqtini yo'qotishiga olib keladi.
Shuning uchun SMS orqali xabar berish nafaqat qulay xizmat, balki reklama va qo'shimcha xizmatlarni taqdim etishning ancha tejamkor turi hisoblanadi.
SMS-yuborishning afzalliklari:
Mijozlarni hisob haqida xabardor qilish;
Mijozlarni to'lovlar to'g'risida xabardor qilish;
Mijozlarni kreditlar to'g'risida xabardor qilish;
Bankning yangi xizmatlari haqida ma'lumot olish;
Karta hisobvarag'iga qo'shimcha kartalar bo'yicha xarajatlarni nazorat qilish;
Karta hisobvarag'idagi mavjud balans haqida SMS-xabarlar;
Karta hisobvarag'idagi mablag'lar harakatini kunu tun nazorat qilish;
To'lovlar haqida ma'lumot;
Kreditlar haqida ma'lumot. Mijoz mobil telefoniga to'lash uchun zarur bo'lgan kredit miqdori haqida xabar keladi.
Sug'urta kompaniyalariga
Sug'urta kompaniyalari turli vaziyatlarda SMS-yuborishdan foydalanadilar. Sug'urta polisining amal qilish muddati tugashi haqida eslatmani amalga oshirishning eng qulay va tezkor usuli. Joriy polisdan foydalanishning tugash sanasini ko’rsatish va sug'urtani yangilash uchun ofisga taklif qilish orqali siz mijozga sug'urta polisining amal qilish muddati tugashini oldini olish imkonini berasiz. Shunda, mijoz va sug'urta kompaniyangiz o'rtasida ishonchli va do'stona munosabatlar yo'lga qo'yiladi.
Mijozlaringizga SMS-xabarlar yuborish sizga yangi xizmat turlari paydo bo'lishi haqida mijozlaringizni xabardor qilish, ularni tug'ilgan kuni bilan tabriklash, kompaniya yangiliklari haqida xabar berish va sug'urta hodisasi bo'yicha qaror haqida o'z vaqtida ma'lumot berish imkonini beradi. Sug‘urta kompaniyasi va mijoz o‘rtasidagi interaktiv muloqot kechiktirilgan sug'urta to'lovlari sonini kamaytiradi, korxona foydasini ko'taradi va kompaniya nufuzini oshiradi.
Sug'urta kompaniyasining mijozga SMS yozishining asosiy sabablari:
Keyingi to'lov haqida xabar berish;
Sug'urta muddatini uzaytirish zarurligi to'g'risidagi xabardor qilish;
Sug'urta hodisasini bartaraf etish bosqichlari to'g'risidagi xabar berish;
sug'urta tovonini to'lash to'g'risida qaror qabul qilinganligi to'g'risida xabar berish;
Yangi xizmatlar, aksiyalar va maxsus takliflar paydo bo'lishi to'g'risida xabardor qilish;
Shuningdek, har bir mijozni bayramlar bilan alohida tabriklashingiz mumkin.
Zamonaviy mijozlar, birinchi navbatda, individual yondashuv va yuqori darajadagi xizmatni qadrlashadi. SMS yuborish yordamida siz xizmat sifatini oshirish bo'yicha qo’yilgan maqsadlarga osongina erishishingiz mumkin.
Savdo tarmoqlari va do'konlarga
Biz SMS-xabarlardan savdo tarmog'i va sizning mijozlaringiz o'rtasidagi aloqa uchun yangi vosita sifatida foydalanishni taklif qilamiz. Biz mijozga SMS yozishning 6 ta asosiy sababini tuzdik
1. SMS-xabar berish orqali mavsumiy savdo(sotib yuborish)ga taklif qiling;
Mavsumiy tovar(mol)lar (kiyim-kechak, poyabzal, sport tovarlari va boshqalar) bilan savdo qiladigan do'konlar va chakana savdo tarmoqlari doimiy ravishda o'z assortimentini yangilash va qolgan mahsulotlarni sotish muammosiga duch kelishadi. Endi siz barcha mijozlaringizni SMS orqali mahsulotlar sotuviga taklif qilishingiz mumkin.
2. Yangi do‘konlar ochilishi haqida xabar bering;
Agar siz yangi do'kon ochgan bo'lsangiz - bu haqda mijozlaringizga ayting. Shuningdek, ularga yangi do'kondagi aksiyalar, sotuvlar yoki chegirmalar haqida xabar bering yoki individual chegirma kuponini yuboring.
3. Yangi mahsulotlar haqida xabar bering;
Yangilik – bu sodiq mijozlarga yetkazilishi lozim bo'lgan xabardir. SMS yuborish xizmati sizga yangi mahsulotlar haqida xabar berishga va do'konga taklif qilishga yordam beradi.
4. SMS orqali har bir xaridorni bayramlar bilan tabriklang;
Bayramlar xaridor bilan yangi aloqa uchun ajoyib imkoniyatdir. Barcha mijozlarni Yangi yil bilan tabriklab SMS-xabar yuboring. Sevimli xonimlarni 8-mart, erkaklarni 14-yanvar bilan tabriklang. Bayramlar uchun chegirma yoki kupon sovg’a qiling.
Internet provayderlariga
Biz Internet-provayderlar uchun mijoz va provayder o'rtasida doimiy aloqa o'rnatishga yordam beradigan yechim taklif qilamiz. Ushbu maqsadlar uchun biz SMS-xabar berish kabi vositadan foydalanishni taklif qilamiz. Uning afzalligi shundaki, SMS-xabar berish ham internet-provayderning mahsulotlarini va xizmatlarini reklama qilish usuli, ham mijozlar va xodimlar uchun ajoyib xabar berish vositasidir.
Internet-provayderlari mijozga SMS yozishining asosiy sabablari:
1. Hisobni to'ldirish zarurati yoki abonent to'lovini to'lashning yaqinlashib kelayotgan sanasi haqida ogohlantirish;
2. Mavjud qarz haqida SMS eslatma;
3. Aksiyalar yoki kutilgan yangiliklar haqidagi xabar;
4. Maxsus takliflar;
5. Kompaniyaning faoliyati haqida fikr-mulohaza qoldirish taklifi.
Internet-provayderlar nosozliklarni bartaraf etayotgan texnik xodimlarni xabardor qilish uchun SMS xabar berishdan foydalanishi mumkin. Shunday qilib, foydalanuvchilar SMS-xabarlar yordamida buzilishlar haqida xabar berishlari mumkin va siz SMS orqali muhandislarga nosozlikni tavsiflovchi topshiriqlarni yuborishingiz mumkin.
Taksi xizmatlari
Bugungi kunda taksi xizmatlari rahbarlari o'z bizneslarida mijozlari va haydovchilari bilan tezkor muloqot qilish uchun SMS-xabarlardan foydalanishadi.
Mijozlarga avtomashina borishi haqida (borish vaqti, borish manzili, avtomobil raqami, haydovchining aloqa ma'lumotlari, yo'lkira narxi va boshqa ma'lumotlar);
haydovchilarga yangi buyurtma olinganligi, harakatlanish manzili va yo'nalishi, yo'lovchilarning aloqa ma'lumotlari, shuningdek, yo'nalishdagi harakat holati to'g'risida;
yo'lkira narxi va chegirmalar haqida SMS orqali xabardor qilish;
Integratsiya API-ga asosida amalga oshiriladi. Savollaringiz bo'lsa, bizning mutaxassislarimiz yordamiga buyurtma berishingiz mumkin (navbat bilan tartibli,bepul amalga oshiriladi)
Ba'zida qaysi taksi kelganini darhol bilib bo'lmaydi - mijoz qo'shimcha ravishda dispetcherga qo'ng'iroq qilishi va chaqirilgan mashina haqidagi ma'lumotlarni aniqlashtirishi kerak.
Yo'lovchilarni avtomatik ravishda SMS xabardor qilish bunday muammolardan xalos bo'lishga yordam beradi. Mijoz kerakli ma'lumotlarni bilib oladi va sizning kompaniyangiz o'z mijozlarini hurmat qilishini va ularning vaqtini tejashini tushunadi.
Mijozingiz telefon ekranida doimo bo'ladigan asosiy ma'lumotlar: avtomobil markasi, borish vaqti, haydovchining ismi va uning aloqa nomerlari.
O'z navbatida, bu siz uchun operatorlarga tushadigan yuklamani kamaytirish, qo'ng'iroqlarni qabul qilish samaradorligini oshirish imkoniyatidir.
Shuningdek, taksi xizmatlari uchun xabar yuborish:
aktsiyalar, to'plangan bonuslar, bepul safarlar va chegirmalar haqida xabar berish;
mijozlarni tug'ilgan kuni va boshqa bayramlari bilan tabriklash;
tug'ilgan kun bilan tabriklab, o'zingizni eslatish orqali - siz mijozlaringiz oldida kompaniyaning obro'sini oshirasiz.